“EXFIN PARTNERS” MChJ SMT · Soliq maslahatchilari tashkilotiSTIR 313381137

Soliq maslahatchilari tashkiloti · SMT

Raqamlardan qarorgacha

Soliqda aniqlik, biznesda ishonch.

Soliq maslahati, buxgalteriya hisobi va MSFO bo'yicha professional xizmatlar.

“EXFIN PARTNERS” MChJ SMT·STIR 313381137

Tajriba15 yildan ortiqMoliya va buxgalteriya sohasida amaliy ish
ACCA DipIFRMSFO diplomiXalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo'yicha
ACCA · 2026Advanced DiplomaFinance and Business
AuditTashqi va ichki auditorMalaka sertifikatlari
SoliqSoliq maslahatchisiMalaka sertifikati
ACCA · 2025Winner in UzbekistanAudit and Assurance va Financial Management fanlari, iyun 2025
Xizmatlar5 yo'nalish

Soliqdan hisobotgacha, bir jamoada

Yo'nalishni tanlang. Har bir loyihani hujjatlaringiz bilan tanishib, ish hajmi va muddatni kelishib boshlaymiz.

SoliqSMT maqomiAsosiy yo'nalish

Soliq maslahatchilari tashkiloti sifatida maslahat beramiz

Korxonangiz soliq majburiyatlarini to'g'ri hisoblash, risklarni oldindan aniqlash va soliq organlari bilan munosabatlarda yordam beramiz.

  • Doimiy soliq maslahati va yozma xulosalar
  • Soliq risklari diagnostikasi
  • Shartnoma va bitimlarning soliq tahlili
  • Soliq hisobotlarini tayyorlash va tekshirish
  • Norezidentlar bilan bitimlar soliqqa tortilishi
  • Soliq tekshiruvlariga tayyorgarlik va ko'mak
  • Soliq organlari bilan munosabatlarda vakillik
  • Soliq imtiyozlari va maxsus rejimlar tahlili
Ushbu xizmat bo'yicha konsultatsiya
Ish tartibi4 bosqich

Qanday ishlaymiz

  1. Dastlabki suhbat

    Vazifangiz, muddatlar va mavjud hujjatlarni muhokama qilamiz.

  2. Diagnostika va taklif

    Hujjatlarni ko'rib chiqib, ish hajmi, muddat va narxni yozma taklif sifatida beramiz.

  3. Ijro

    Ishni bosqichma-bosqich bajaramiz va har bir bosqich natijasini siz bilan kelishamiz.

  4. Topshirish

    Yakuniy hisobot, ishchi fayllar va izohlarni topshiramiz, keyingi savollarga javob beramiz.

Biz haqimizdaToshkent

Soliq maslahatchilari tashkiloti

Eldorbek Xasanov

Eldorbek Xasanov

Asoschi · ACCA DipIFR

“EXFIN PARTNERS” MChJ SMT soliq maslahatchilari tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi. Tashkilotga soliq maslahatchisi malaka sertifikatiga ega mutaxassis rahbarlik qiladi.

Moliya va buxgalteriya sohasida 15 yildan ortiq tajriba. MSFO transformatsiyasi, soliq maslahati va audit bo'yicha loyihalarni olib boradi.

ACCA DipIFR va ACCA Advanced Diploma in Finance and Business diplomlari, auditor, ichki auditor hamda soliq maslahatchisi malaka sertifikatlariga ega. 2025-yil iyun sessiyasida ACCA'ning Audit and Assurance va Financial Management fanlari bo'yicha O'zbekistonda eng yuqori natija (Winner in Uzbekistan).

Sertifikatlar11 hujjat

Malakani tasdiqlovchi hujjatlar

Soliq maslahatchisi malaka sertifikatiSoliq maslahatchilari palatasi · № 00238
Soliq solishning o'ziga xos jihatlariACFP Uzbekistan · 2025
Auditor malaka sertifikatiBAIM imtihon markazi · 2024
Ichki auditor sertifikatiO'zbekiston auditorlar palatasi · 2024
ACCA DipIFRDiploma in International Financial Reporting
ACCA Advanced DiplomaFinance and Business · 2026
ACCA · Audit and AssuranceWinner in Uzbekistan · iyun 2025
ACCA · Financial ManagementWinner in Uzbekistan · iyun 2025
IFRS: Requirements and Application PracticeCertificate in Continuing Education · 2025
Qimmatli qog'ozlar bozori, II toifaMalaka sertifikati · 2025
1C:Professional1C:Buxgalteriya 8 · 2023

Lentani sichqoncha bilan suring · Sertifikatni bosib kattalashtiring

MaqolalarTelegram

Maqolalar va darslar

Telegram kanal

Soliq, buxgalteriya va MSFO bo'yicha tushuntirishlar va amaliy misollar. Yangi materiallar avval kanalda chiqadi.

SoliqMSFOBoshqaruv hisobiBuxgalteriya
Kanalga o'tish

Aloqa

Vazifangizni muhokama qilaylik

Qo'ng'iroq qiling, elektron pochta yoki Telegram orqali yozing.